07 may 18:33
Yangiliklar

Aleks Pereyra Dana Uaytga iltimos bilan murojaat qildi
Braziliyalik sobiq UFC chempioni Aleks Pereyra promoushen rahbari Dana Uaytdan Israel Adesanya bilan uchinchi jangini tashkil etishni iltimos qildi.
Jangchilar UFC 287 turnirida to'qnash kelishgan va Aleks Pereyra o'rta vazn toifasida chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan edi.
"Adesanya uchinchi jangimizni reklama qilayotganga o'xshaydi. Menga bu yoqdi. UFC, Dana Uayt keling buni tashkil qilaylik", - dedi Pereyra ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Pereyra Adesanyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yarim og'ir vazn toifasiga o'tishini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar