03 mar 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Pereyra nima uchun Jon Jons bilan mashg'ulot qilishni istamasligini aytdi
Aleks Pereyra nima uchun Jon Jons bilan birga shug'ullanmoqchi emasligini aytdi.
"To'g'risini aytsam, hozir Jons bilan birga mashg'ulot qilishdan mano yo'q deb o'ylayman. Og'ir vazn toifasida jang qilishni istashimni aytganimda, odamlar men va Jon o'rtasidagi jang haqida gapira boshlashdi.
Men hozir u bilan shug'ullanmoqchi emasman, ammo biz jang qiladigan bo'lsak, buni tashkil etish mumkin.
Jonning Aspinall bilan jangi? Uni o'rgana olaman deb o'ylamayman. Ammo diqqat bilan kuzatmoqchiman. Ajoyib jang bo'ladi", - dedi Pereyra.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar