09 dek 09:33
Yangiliklar
Aleks Pereyra og'ir vaznga ko'tarilishga tayyorligini tasdiqladi
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi og'ir vazn toifasidagi chempionlik uchun jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.
"Men Oq uydagi turnirda Jon Jonsga qarshi jang haqida gapirdim. Yani, og'ir vazn toifasida uchinchi divizion chempionligi uchun jang. Lekin bilmadim, bu mening qo'limdagi ish emas. Menda xohish bor, lekin men boshqalar kabi shunchaki kutyapman", - dedi 38 yoshli chempion mahalliy televideniyaga bergan intervyusida.
Pereyra UFC’dagi faoliyatini 2021 yilda boshlagan, 2022 yilda o'rta vazn toifasida UFC chempioni bo'lgan. Ammo Israel Adesanya bilan revansh jangida mag'lubiyatga uchrab, chempionlikni boy berganidan so'ng yarimog'ir vazn toifasiga ko'tarilgan. U erda ikki vazn toifasida UFC chempionligiga erishgan.
Bu yil Pereyra oktyabr oyida revansh jangida Magomed Ankalaevni mag'lub etib, shu yilning mart oyida rossiyalik jangchidan qabul qilgan mag'lubiyatiga munosib revansh olgandi. Hozircha UFC tarixida uchta vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan jangchilar yo'q.

Fikrlar