15 iyu 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra oktagonga qaytish muddati haqida gapirdi
UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi chempioni Aleks Pereyra navbatdagi jangini qachon o'tkazishi haqida gapirdi.
"Hozir dam olish va mashg'ulotlar jarayonida rivojlanishni istayman. Fikrimcha, noyabr yoki dekabr oylarida qaytish yomon bo'lmasdi. Noyabrdan oldin qaytishni istamasdim.
Oktyabr oyida majburiyatlarim ko'p, shuning uchun agar noyabrda jang qilsam, bu vaziyatni qiyinlashtiradi. Vazifalarimni bajarishim kerak. SHuning uchun men uchun dekabr - qaytish uchun ideal vaqt bo'lardi", - dedi Aleks.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar