18 avg 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra o'rta vaznga qaytib, o'z kamarini qaytarib olishini aytdi + FOTO
Yarimog'ir vazn toifasida UFC'ning amaldagi chempioni, braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Aleks Pereyra bugun bo'lib o'tgan UFC 305 turniridan so'ng muhim yangilikni elon qildi.
UFC 305 turnirining markaziy jangida o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi sobiq chempion Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko'tarildi va to'rtinchi raundda sabmishen orqali g'alaba qozondi.
Jang yakunlanganidan so'ng, o'rta vaznning yana bir sobiq chempioni — Aleks Pereyra ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali yana o'rta vazn toifasiga qaytishini va o'z kamarini qaytarib olishini xabar qildi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar