17 avg 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyraning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum. U doping sabab chetlatilgan jangchi bilan to'qnash keladi
Yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Pereyra navbatdagi jangini 5 oktyabr kuni UFC 307 turniri doirasida o'tkazadi.
Bu haqida Dana Uayt malum qildi. O'sha kuni braziliyalik chempionga amerikalik Xalil Rauntri raqib bo'ladi. Ushbu jang AQSHda tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra so'nggi jangini 30 iyun kuni Irji Proxazkaga qarshi o'tkazgan va raqibini 2-raundda nokautga uchratgandi.
Avvalroq, Xalil Rautnri doping bilan bog'liq muammo tufayli 2 oy muddatga chetlatilgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar