12 iyu 12:48
Yangiliklar
Aleks Pereyraning Oq uydagi jangi uchun gonorari malum bo'ldi
Uning takidlashicha, Aleks Pereyra Oq uydagi UFC bayram turnirida Siril Gan bilan jangi uchun 10 million dollar oladi.
"Sen Oq uydagi tadbirda o'n million dollar ishlab topadigan yagona jangchisan", dedi Korme tadbir oldidan braziliyalik bilan suhbatlashar ekan.
SHu yilning mart oyida Aleks Pereyra tashkilot bilan sakkizta jangga mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan va bu bilan UFC tarixidagi eng katta kafolatlangan gonorarga ega jangchiga aylangan edi.
SHu bilan birga, vaziyatga yaqin boshqa manbalar ham braziliyalikning kafolatlangan gonorari o'n million dollarni tashkil etishini malum qilgan. Aleks Pereyra va Siril Gan o'rtasidagi jang Amerika Qo'shma SHtatlari mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirining ikkinchi muhim voqeasi bo'ladi.

Fikrlar