24 mar 16:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Volkanovski Evloevga qarshi ehtimoliy jang muddatini aytdi
Yarim engil vaznda (65 kg gacha) UFC chempioni avstraliyalik Aleks Volkanovski reytingda birinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Movsar Evloevga qarshi jang haqida gapirdi.
"Iyul oyiga mo'ljallyapmiz. O'ylaymanki, iyul yaxshi muddat, iyul yoki avgust", - deya Volkanovskining so'zlarini keltiradi UFC matbuot xizmati.
Malumot uchun, Movsar Evloev 32 yoshda. Rossiyalik professional aralash yakkakurash ustasi debyutini 2014 yilda o'tkazgan. 2019 yildan beri UFC’da ishtirok etib kelmoqda. Jahonning eng nufuzli tashkilotida u 10 ta g'alaba qayd etgan, birorta mag'lubiyat yo'q.
Avvalroq Movsar Evloev Aleksandr Volkanovski bilan may oyidayoq jang qilishga tayyorligini aytgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar