18 fev 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenko: "Barnett men bilan jang uchun 20 million dollar so'radi"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Aleksendr Emelyanenko o'zi bilan jang uchun UFCning sobiq jangchisi Josh Barnett qancha pul so'ragani haqida gapirdi.
"Barnett bilan jang men uchun qiziq. Agar mazkur to'qnashuv uchun byudjet etarli bo'lsa ajoyib. U men bilan jang uchun so'rayotgan pulini butun umri davomidagi janglarda ham ishlab topmagan. Menga kim bilan jang qilishning farqi yo'q - Barnett bo'ladimi, Krokop bo'ladimi.
Barnett jang uchun 20 million dollar so'radi. Tashkilotda buncha pul qaerdan?", - dedi Emelyanenko.
Malumot uchun, Aleksandr Emelyanenko navbatdagi jangini 4 may kuni CHelyabinskda o'tkazadi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar