15 avg 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenko: "Men hamma jihatlar bo'yicha Fedordan kuchliroq bo'lganman"
Aleksandr Emelyanenko akasi haqida fikr bildirdi.
Rossiyalik mashxur MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko iqtidor borasida hamisha akasidan ustun bo'lgani haqida gapirdi.
"Albatta shunday. Men formada bo'lgan paytim parterda ham, qo'l bilan ham akamdan kuchliroq bo'lganman. Aniqrog'i, men hamma jihatlar bo'yicha Fedordan kuchliroq edim. Kurashda va boksda ham. Men ko'proq yugurardim hamda yaxshiroq nafas olardim", -deydi Aleksandr Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Aleksandr Emelyanenkoning menejeri Azamat Bostanov jangchi Bellator bilan muzokaralar o'tkazayotganini tasdiqlagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar