13 avg 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenko nima uchun qo'lqopsiz janglarda qatnashmasligi haqida gapirdi
Rossiyalik sportchi Aleksandr Emelyanenko nimaga qo'lqopsiz janglarda ishtirok etish rejasida yo'q ekanligi haqidagi savolga javob berdi.
"Qo'lqopsiz janglar haqida eshitganman. Qiziq, lekin jarohat olish havfi juda yuqori sport turi. Zarba juda kuchli tushadi. Qo'lqopsiz juda xavfli. Men har bir jangimdan keyin qo'lim bilan bog'liq muammoga duch kelaman: qo'l bilan so'rasha olmayman, ularni qimirlata ham olmayman - barmoqlarim og'riydi.
Qo'lqopsiz jangda esa qo'limni sindirib olsam kerak. Oldinda ko'p rejalarim bor, ammo qo'lqopsiz janglarda qatnashmayman. CHunki qo'limni jarohatlashim mumkin", - dedi Emelyanenko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar