13 avg 19:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenkoning Bellator bilan muzokara o'tkazayotgani tasdiqlandi
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko Bellator'ga o'tishi mumkin.
Bu haqida uning menejeri Azamat Bostanov xabar berdi.
"Bellator bilan muzokaralar ketmoqda. Aleksandrning sport formasiga qaraymiz. Tan oling, agarda aka-uka Emelyanenkolar bitta promoushenda jang qilishsa bormi, bu juda ajoyib bo'ladi.
Masalaning boshqa tarafi bu Aleksandrning sport formasi. Men o'tgan hafta uning ahvolini 10 dan 5 ga baholagandim. Bizda to'liq tiklanish uchun 2 oy bor. Bellator butunlay boshqa daraja.
Muzokaralarga qaytsak, men o'zim tomonimdan qilinadigan ishlarni qilyapman. Aniq javobni ayta olmayman. Ammo, biz ushbu kelishuvning mayda jihatlarini muhokama qilishni ham rejalashtirib qo'ydik", - dedi Azamat Bostanov.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar