06 jan 09:01
Yangiliklar
Futbol
Aleksandr Lobanov "Navbahor"ga o'tmoqda
Hozirda erkin agent bo'lib turgan Aleksandr Lobanov faoliyatini “Navbahor”da davom ettirishga yaqin.
38 yoshli darvozabon namanganliklar ustozi Samvel Babayan milliy terma jamoaning bosh murabbiyi bo'lgan vaqtida O'zbekistonning birinchi raqamli darvozaboni bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Navbahor” bu yil tarkibni yoshartirmoqchi ekanligini malum qilgandi.
Malumot uchun, Lobanov so'nggi besh yil davomida Bekobodning “Metallurg” jamoasida faoliyat olib bordi. O'tgan mavsum darvozabon Superligada 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 8 ta to'p olib chiqqan. SHuningdek, Lobanov 2015-2017 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta bahsda o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qolgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar