28 apr 13:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Povetkin murabbiy bo'lishi ehtimoli haqida gapirdi
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin murabbiy bo'lishi mumkinligini istisno qilmadi.
"Murabbiy va bokschi — farqli shaxslar. Xohish bor (murabbiy bo'lish uchun). Asosiysi, bunga imkoniyat borligi", - deya Povetkinning so'zlarini keltiradi TASS.
Malumot uchun, 41 yoshli Aleksandr Povetkin havaskorlar o'rtasida Olimpiada chempioni, jahon chempioni, ikka karra Evropa chempioni, "Yaxshi niyat" o'yinlari g'olibi, Professional boksda vaqtinchalik WBC (2020—2021), Muntazam WBA (2011—2013), WBC Silver (2014—2016), WBO International (2017—2018) hamda WBA Inter-Continental (2017—2018) chempionlik kamarlari sohibi bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar