24 avg 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Povetkin: Uaytga revansh berishga tayyorman!
Superog'ir vaznda vaqtinchalik WBC chempioni Aleksandr Povetkin britaniyalik Dillian Uaytga qarshi ehtimolli revansh jangi haqida gapirdi.
Jang shartnomasida revansh haqidagi band ham bo'lib, Dillian ushbu imkoniyatdan foydalanishini aytgan edi.
"Jang davomida, ayniqsa, to'rtinchi raundda bir nechta zarbalar o'tkazib yubordim. Lekin o'zimni yaxshi his qilayotgan va jangni davom ettirishga tayyor edim. Amalda ham shunday bo'ldi. Dillianga ajoyib jang uchun rahmat aytaman va unga sog'liq tilayman.
Uayt apperkot zarbalarini o'tkazib yuborishini bilganimiz uchun ham aynan shunga tayyorgarlik ko'rgandik. Ko'rganingizdek, bu taktika ish berdi. Revansh? Biladim. Men tayyorman. SHaxsan men revanshga qarshi emasman", – dedi Povetkin.
Havola :
Fikrlar