20 apr 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Romanovning UFC doirasidagi jangi bekor qilindi
Aleksandr Romanov UFC Fight Night 205'da jang qilmaydi.
23 aprel kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 205 turnirida jang o'tkazishi kerak bo'lgan moldovalik og'ir vazn toifasidagi Aleksandr Romanov katta ehtimol bilan shu hafta oxirida oktagonga chiqmaydi, chunki uning raqibi Tanner Bozer jarohat olib, musobaqani tark etdi.
Kanadalik jangchi ijtimoiy tarmoqlarda jarohati haqida malum qildi, UFC va raqibidan uzr so'radi. O'z navbatida, Romanov qisqa muddat ichida u bilan jang olib borishga rozi bo'lgan har qanday raqib bilan bahslashishga tayyorligini ochiq aytdi:
«UFC kimnidir topadi deb umid qilaman. Men bu hafta kim bilan bo'lsa ham jang qilishga tayyorman».
UFC vakillari hozircha bu haqda hech qanday bayonot berishmagan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar