02 iyu 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr SHlemenko Kertisni muddatidan oldin mag'lub etdi
O'rta vaznda sobiq Bellator chempioni Aleksandr SHlemenko professional faoliyatidagi 65-g'alabasini qo'lga kiritdi.
U Rossiyaning Omsk shahrida o'tkazilgan SFC 10 turnirida amerikalik Kertis Millenderga qarshi oktagonga chiqdi. Jang birinchi raund yakunlanishiga 40 soniya qolgan bir paytda referi Maksim Protasov tomonidan to'xtatildi. Parterda passiv himoyada qolib ketgan Millender shu tariqa mag'lubiyatini tan oldi.
Eslatib o'tamiz, 40 yoshli Aleksandr SHlemenko uch hafta avval Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tgan RCC 19 turnirida Kuat Xamitovni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar