So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

10 mar 19:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Aleksandr Usik faoliyatidagi keyingi uchta jangini anons qildi

Superog'ir vazn toifasida WBC, WBA va IBF kamarlari sohibi Aleksandr Usik faoliyatini yakunlashdan oldin o'tkazmoqchi bo'lgan uchta jangini malum qildi.

23 may kuni u mashhur kikbokschi, u darajada boks tajribasiga ega bo'lmagan Riko Verxuvenga qarshi ringga ko'tariladi. Usik uchun bu jang juda ham qiziq.

Verxuvendan keyin esa 39 yoshli ukrainalik 9 may kuni bo'lib o'tadigan WBO kamari uchun Fabio Uordli va Daniel Dyubua o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi jang o'tkazmoqchi.

"Men uchun bu haqiqiy jang, - dedi Usik Inside The Ring dasturiga Verxoven bilan jang haqida bergan intervyusida. - Ha, Riko yaxshi bokschi emas, lekin bu qiziqarli jang-ku? Hech qanday muammo yo'q. Ammo keyin Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'rtasidagi jang g'olibi bilan to'qnash kelmoqchiman".

Usikning rejasidagi uchinchi jang esa sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi bo'lib o'tadi. Britaniyalik sobiq jahon chempioni katta boksga qaytmoqda va germaniyalik Arslanbek Mahmudovga qarshi ringga ko'tariladi.

"Yana uchta jang o'tkazaman. Birinchisi - Riko, ikkinchisi - Uordli va Dyubua o'rtasidagi jang g'olibi, uchinchisi - do'stim ochko'z, semiz Tayson Fyuriga qarshi!", - deya qo'shimcha qildi Usik.

Dyubua Uordli ustidan g'alaba qozongan taqdirda, Usik ikki bokschi - Dyubua va Fyuriga qarshi jang o'tkazadi. Bundan tashqari, Usikdan Agit Kabayelga qarshi majburiy himoyani kutayotgan WBC bu rejalarga qanday munosabatda bo'lishi, WBA va IBF qandaydir choralar ko'rishi nomalum.

SHuningdek, Usik o'zi bilan to'qnash kelishni rejalashtirmayotgan bir bokschini ham malum qildi. Bu 21 yoshli britaniyalik Mozes Itauma bo'lib, u o'tgan yildan beri ukrainalikning potencial raqiblaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

"Yo'q, Itauma bilan jang qilmoqchi emasman, chunki u yosh yigit. Men bu yigitni sindirishni istamayman", - dedi Usik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing