25 mar 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik faoliyatini yakunlash rejasini o'zgartirdi
Aleksandr Usik faoliyatidagi so'nggi jangni Tayson Fyuriga qarshi emas, balki WBC vaqtinchalik chempioni Agit Kabayelga qarshi o'tkazishi mumkinligini istisno qilmadi.
"Kabayel Fyuri bilan trilogiya o'rniga mening keyingi raqibim bo'lishi mumkin, ammo hozircha qaror qabul qilinmagan. Men muxlislar nimalar kutishayotganlarini tushunaman, lekin mening o'z hayotim va oilam oldida masuliyatim bor. Men faqat mashg'ulot qilyapman va Agit bilan jang bo'lishi mumkinligini inkor etmayman — u kuchli va aqlli jangchi", — dedi Usik talkSPORTga.
Havola :
Manba : talkSport
Fikrlar