15 dek 11:35
Yangiliklar

Aleksandr Usik: Fyuri bilan uchrashish Joshuadan ko'ra foydaliroq bo'ladi
Og'ir vazn toifasida WBO, IBF, WBA yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) sobiq jahon chempioni Entoni Joshua (24-2, 22 KO) bilan revansh jangi tashkil etilishi haqida fikr bildirdi.
«Biz hali revansh jangi o'tkazishga yaqin emasmiz, faqat promouterlar, menejerlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Bu ish bilan men shug'ullanmayman. Mening vazifam mashg'ulot o'tkazish, janggacha o'zimni yaxshi his qilish. Agar revansh jangi bo'lib o'tsa, ringga chiqib, o'z vazifamni bajaraman.
Mabodo, Joshua chetga chiqishga rozi bo'lsa, men Tayson Fyuri bilan uchrashishga tayyormanmi? Albatta! Maqsadlarimdan biri - og'ir vazn toifasida jahonning mutlaq chempioni bo'lish. Men uchun ularning qaysi biri bilan uchrashishning mutlaqo farqi yo'q. SHunchaki, Tayson Fyuri bilan bu foydaliroq bo'ladi, chunki uning kamari bor. Siz Entoni Joshua bilan jang qilmasdan tezroq mutlaq chempion bo'lishingiz mumkin. Joshua bilan jang ortga bir qadam tashlash bo'ladi», - dedi Usik ESPN'ga bergan intervyusida.
Fikrlar