18 jan 08:56
Yangiliklar
Aleksandr Usik Fyuri, Joshua va Uaylder uchligidan eng kuchlisini tanladi
Mag'lubiyat va murosasiz kelayotgan ukrainalik 39 yoshli bokschi o'z divizioni etakchilari Tayson Fyuri, Entoni Joshua va Deontey Uaylder orasidan eng kuchlisi kim degan savolga javob berdi.
— Fyuri, Joshua va Uaylderni eng kuchlisidan eng kuchsiziga qarab taqsimlasak-chi?
— Menda "kuchli" degan tushuncha yo'q. Ularning har biri bugungi darajasiga etish uchun yillar sarflagan. Ammo jangga tayyorgarligigining murakkabligi va jangning shiddatiga ko'ra, birinchi o'ringa Tayson Fyurini qo'yaman. Ikkinchi o'rinda Entoni Joshua turibdi. Deontey Uaylderni hozircha uchinchi o'ringa qo'yaman, chunki u bilan hali jang o'tkazmaganman. Bu mutlaqo subektiv tanlov", - deya Usikning so'zlarini keltiradi Redy to Fight nashri.

Fikrlar