01 jan 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik: "Jamoam ikki jang ustida ishlamoqda"
Superog'ir vazn toifasidagi uchta asosiy yo'nalish bo'yicha jahon chempioni, ukrainalik 38 yoshli Aleksandr Usik ringdagi 2026 yilgi rejalari haqida gapirdi.
"Hozirda jamoam 2026 yil uchun ikki jang ustida ishlamoqda. Birinchisi yozda bo'lsa kerak. Ikkinchisi kuzda. Katta janglar bo'ladi", - dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning yozida Aleksandr Usik britaniyalik Daniel Dyubuani 5-raundda nokautga uchratib, yana mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Biroq ko'p o'tmay u Fabio Uordliga qarshi ringga chiqishdan bosh tortib, WBO kamarini yo'qotdi.
Avvalroq, Aleksandr 2026 yilda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder bilan jang o'tkazmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Amerikalikning o'zi ham bu jang o'tkazilishini istisno qilmayapti.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar