20 iyu 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik Jeyk Pol bilan MMA jangiga tayyorligini bildirdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik bloger va bokschi Jeyk Pol bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Usikning Daniel Dyubuaga qarshi revanshdagi g'alabasidan so'ng, Jeyk Pol ringga chiqib, Usik bilan "face-to-face" o'tkazdi. Keyinchalik Pol Usikni MMA qoidalari bo'yicha jangga chaqirdi.
"Jeyk Pol ringga jang uchun chiqdi. Men Jeyk Polga qarshi MMA qoidalari bo'yicha jangga tayyorman. Men tayyorman, faqat dam olishim kerak", — dedi Usik Mirror nashriga.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar