22 fev 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik: "Keyingi raqibim Dyubua bo'lishini xohlayman"
Superog'ir vazn toifasida WBC, WBA, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik IBF chempioni Daniel Dyubua haqida gapirdi.
— So'nggi daqiqada rejalar o'zgardi, endi Parker Bakole bilan jang qiladi. Ushbu qarama-qarshilik uchun taxminingiz qanday?
"Bilmayman, ko'ramiz. Men keyingi raqibim sifatida Dyubuani ko'ryapman va tabiiyki, u bilan jang qilmoqchiman", dedi Usik.
Danielning ikki kun oldin virusli infekciya tufayli Jozef Parkerga qarshi jang qila olmasligi malum bo'lgan edi. Usik Dyubua bilan 2023 yilda jang o'tkazib, uni to'qqizinchi raundda nokaut orqali mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : DAZN Boxing
Fikrlar