28 fev 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usikning navbatdagi jangi va raqibi aniq: to'qnashuv Misr ehromlari oldida bo'ladi
Boks bo'yicha to'rtta yo'nalishda Jahon chempioni Aleksandr Usikning navbatdagi jang tafsilotlari malum bo'ldi.
Ukrainalik bokschi 23 may kuni niderlandiyalik kikbokschi, Glory’ning sobiq chempioni Riko Verxuvenga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang Misrning Giza shahridagi ehromlar fonida, boks qoidalari asosida bo'lib o'tadi. Ushbu jangda WBC kamari o'rtaga qo'yiladi. Bu haqda The Ring jurnali matbuot xizmati xabar qildi.
"Afsonalar ular yaratilgan joyda to'qnashadi", — deyiladi press-relizda.

Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar