31 jan 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Volkanovski 2026 yilda nechta jang o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
Aleksandr Volkanovski 2026 yilda uchta jang o'tkazishni istashini malum qildi.
"O'tgan yili tezda qaytish imkoni bo'lmadi — bu yil esa ko'ramiz. Men bu yil faol bo'lishni istayman. Kamida ikkita jang o'tkazishni aniq xohlayman. O'ylaymanki, bir yilda ikki jang o'tkazish juda real.
Uchta jang o'tkaza olamanmi? SHuni xohlaymanmi? Ha, o'ylaymanki, xohlayman. Men 37 yoshdaman, shuning uchun faol bo'lishim kerak. Yil o'rtasidagi jang yaxshi variant, bu esa yil oxiriga yaqin yana bitta jang uchun etarli vaqt beradi", — dedi Volkanovski.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar