31 jan 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes dastlabki jangda qanday gonorar ishlab olgandi?
Sidneyda bo'lib o'tadigan UFC 325 turnirining asosiy jangida yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski va davogar Diego Lopes o'z faoliyatlaridagi eng katta gonorarlarni qo'lga kiritadilar.
Volkanovskining gonorarlari janglar sayin yuqorilab bormoqda. U Lopesga qarshi ilk jangini UFC 314 turnirida o'tkazgan va o'sha bahs uchun 2,64 million dollar ishlab olgan.
Lopes esa o'sha jang uchun 1,42 million dollar gonorar olgan va bu uning faoliyatidagi mutlaq rekordiga aylangan. Undan oldingi daromadlari esa ancha kam bo'lgan: UFC 300da — 62,5 ming dollar, UFC 303da — 351 ming dollar va UFC 306da — 155 ming dollar.
Sportchilarning bo'lajak to'qnashuv uchun rasmiy gonorarlari jangdan keyin elon qilinadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar