04 dek 17:00
Yangiliklar
Tennis
Aleksandra Barmicheva Buyuk Britaniyadagi turnirda yarim finalga chiqdi
Rossiyadan jalb etilgan O'zbekistoning yosh tennischisi Aleksandra Barmicheva Buyuk Britaniyada o'tayotgan ITF J100 Loughborough xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Sportchi yakkalik bahslarida yarim final bosqichiga yo'l oldi.
CHorak finalda uchinchi raqam ostida saralangan Barmicheva britaniyalik Sofiya Kristoduluni 6-3, 6-4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Yarim finalda Aleksandra turnirning beshinchi raqamli o'yinchisi, Britaniya vakilasi Edi Griffits bilan kortga chiqadi.
Havola :
Manba : t.me/utfuz
Fikrlar