So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

13 dek 15:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Aleksandre Pantoja qachon qaytadi?

Endilikda sobiq UFC chempioni Aleksandre Pantoja Joshua Vanga qarshi jangda noqulay yiqilishi natijasida qo'lini sindirib olgandi.

Uning oktagonga qaytish muddati hamon nomalumligicha qolmoqda. Bu haqda braziliyalik murabbiy Markos Parrupma MMA Fighting saytiga bergan intervyusida malum qildi.

"Uning elka aralash qo'li joyida - bu ko'proq tirsak shikasti edi. Hozir biz Pantojani tiklashga maksimal darajada ustuvor ahamiyat berishimiz kerak. Keyin nima bo'lishi muhim emas. Asosiysi, uning qo'lini tiklash. Agar operaciya qilish kerak bo'lsa, u jarrohlik stoliga yotadi. Agar operaciya kerak bo'lmasa, fizioterapiya muolajasi bilan shug'ullanamiz. Bugun shifokorga borib, yaxshi xabar oldik, qo'l sinmagan. Endi nima bo'lishini ko'rish uchun bir necha hafta kutamiz. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqishini aniq aytib bo'lmaydi", - dedi braziliyalik mutaxassis.

Sobiq chempionning jamoasi eng engil vazn toifasida UFC chempionligining yangi egasi Joshua Van boshqa jangchiga qarshi kamar himoyasini o'tkazishi mumkinligini istisno qilmayapti. Ammo Pantoja jarohatidan tuzalib qaytgach, darhol chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritishiga umid qilmoqda.

"Ular darhol revansh olishmoqchi, ammo hammasi Pantojaning qancha vaqt o'yindan tashqarida bo'lishiga bog'liq. Agar bu qisqa muddat bo'lsa, biz zudlik bilan revanshni talab qilamiz. Agar jarayon uzoqroq davom etsa, divizion turg'unlikda qola olmaydi. Biz buni tushunamiz. Eng muhimi, Pantoja qaytishi bilanoq chempionlik jangini olishi kerak. Menimcha, u to'g'ridan-to'g'ri chempionlik jangiga qaytishga loyiq, xoh Joshua Van bilan bo'lsin, xoh boshqasi", - deya qo'shimcha qildi Parrumma.

Eslatib o'tmiz, o'tgan hafta Aleksandre Pantoja o'z kamarini beshinchi marta himoya qilishga urinib ko'rdi. Ammo birinchi raundning 26-soniyasidayoq noqulay yiqilishi natijasida Joshua Vanga qarshi jang to'xtatildi va myanmalik aralash yakkakurash ustasi texnik g'alaba evaziga UFC chempioniga aylandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing