28 apr 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Ali Abdel-Aziz: "Kanelo - shunchaki qo'rqoq tovuq"
Kamaru Usmanning menejeri Ali Abdel-Aziz boks bo'yicha supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresga qarshi keskin fikr bildirdi.
Avvalroq, Usmanning menejeri Kaneloga qarshi boks jangi o'tkazish istagini bir necha bor bildirgan. Ammo, meksikalik buni qabul qilishga shoshilmayapti.
"Kanelo - shunchaki qo'rqoq tovuq. U besh ming obunachisi bo'lgan yigitlar bilan jang qiladi. Bu yigitlar uning darajasida emas.
Endi tushundim, negaki u Usmanga yutqazishni istamaydi. Havf yo'q, mukofot ham", — deb yozadi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar