12 may 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Ali Abdel-Aziz: "Maxachev vazn toifasini o'zgartiradi va chempionlik uchun jang qiladi"
UFC chempioni Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz sportchi vazn toifasini almashtirishi va chempionlik uchun jang qilishini tasdiqladi.
"Islam teparoq vaznga o'tadi va chempionlik jangida qatnashadi. Hozircha bu jang qachon bo'lishi haqida aniq sanani ayta olmayman", – dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, Jek Della Maddalena Bilol Muhammad ustidan qozongan g'alabasidan so'ng Maxachevga qarshi jangga tayyor ekanini aytgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar