25 mar 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Ali Abdel-Aziz: "UFC'da birinchi marta Movsarni maqtashdi"
Menejer Ali Abdel-Aziz UFC Evloevning Leron Myorfiga qarshi jangdagi chiqishidan mamnun ekanini aytdi.
"Barcha yosh jangchilar uchun o'yin qoidalari o'zgardi. Endi birgina g'alaba etarli emas. Gap qanday jang qilganingiz, nimalar deganingiz va qay darajada mukammal jangchi ekaningizda. Movsar aynan shuni Myorfiga qarshi jangda ko'rsatdi. Aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa — barcha mamnun. UFC baxtli. Ular Evloevni juda maqtashdi. Bu birinchi marta. Juda minnatdorman", — deb yozdi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar