20 sen 14:43
Yangiliklar
Sport kurashlari

Alisher G'aniev JCH finalida, Abdullo Alievda esa bronza medalini qo'lga kiritish imkoni bor
Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi azolari ishtirokini davom ettirmoqda.
Kechagi bellashuvlar davomida yunon-rum kurashi bo'yicha saralash bosqichida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan Alisher G'aniev (-60 kg) bugun oltin medal uchun qozog'istonlik Aidos Sultangali bilan bahs olib borsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Abdullo Aliev (-72 kg) bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning bu bosqichdagi raqibi kechki dasturda aniq bo'ladi.
Bundan tashqari, ayni damda Aytjan Xalmaxanov (-63 kg) va SHermuhammad SHaribjonov (-67 kg) saralash bosqichidagi yurishini davom ettiryapti.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar