So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

27 noy 21:57
Yangiliklar

Qilichbozlik

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidentligiga qayta saylandi

Teglar :  Alisher Usmonov
Xabar berganimizdek, ayni daqiqada SHveycariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federaciyasining Kongressi davom etmoqda.

Kongress kun tartibidagi asosiy masala tashkilotga yangi Olimpiada cikli uchun rahbar saylash edi. Unda amaldagi prezident Alisher Usmonov g'alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo'ldi.

Mazkur tadbirga rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonovni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi. Eslatib o'tamiz, A.Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federaciyasini boshqarib kelmoqda.

Quvonarlisi, saylov yakunlariga ko'ra hamyurtlarimiz ham tashkilotning bir qator bo'limlari tarkibiy qismiga kirishdi. Jumladan, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova targ'ibot qo'mitasi, Tokio-2020 Olimpiadasida referilik qilgan Aida Hasanova hakamlar qo'mitasi tarkibiga kiritildi.

Tadbir davomida 2023 yilgi jahon chempionati mezbonligiga davogar Toshkent shahrining taqdimoti namoyish etildi. Taqdimotni O'zbekiston MOQ va O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov hamda Gulnora Saidova o'tkazishdi. Garchi u ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otgan bo'lsa ham, yakunda mezbonlik Milanga nasib etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing