09 sen 08:19
Yangiliklar
Alisher Usmonovni tabriklaymiz!
Alisher Usmonovning jahon sporti taraqqiyoti, Olimpiya harakati rivojida tutgan o'rni beqiyos. SHuningdek, u kishi O'zbekistonda nafaqat sport va ijtimoiy soha, balki, mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ham o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
SHu bilan birgalikda 65 yoshli Alisher Burxanovichning O'zbekistonda qilichbozlik sport turini rivojlantirish, Respublikamizdagi eng katta stadion «Paxtakor» arenasini tubdan rekonstrukciya qilish va qayta qurish ishlariga bosh-qosh bo'layotganligi bu insonning qay darajada vatanpavar ekanligidan darak beradi.
Hurmatli Alisher Burxanovich! Bugungi shodiyona kunda Sizga mustahkam sog'liq, uzoq umr, ishlaringizga rivoj tilaymiz. O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida hormay-tolmay uzoq yillar mehnat qilishingizni, kasbiy faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Biz sizdek vatandoshimiz bilan faxrlanamiz!
Fikrlar