02 noy 09:07
Yangiliklar

Aliyor Noraliev O'zbekiston chempionatidagi ilk jangidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
"Ringga ko'tarilguncha hayajon kuchli bo'ldi. Jang boshlangandan so'ng hayajon ham yo'qolib bordi. Qo'limdan kelganicha kurashdim. Har qanday sportchi uchun dastlabki jang qiyin bo'ladi. Bundan keyingi bahslarimni yorqinroq o'tkazishga harakat qilaman. Eng yaxshi bokschiga beriladigan kubok uchun Bobousmon Baturov, Mirazizbek Mirzaxalilov, SHunqor Abdurasulov, Abdumalik Halakov kabilar qatorida men ham davogarlik qilaman. Kim ko'proq mehnat, harakat qilgan bo'lsa, o'sha kubok egasiga aylanadi", - dedi Noraliev.
Eslatib o'tamiz, -63 kg vaznda o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Aliyor kecha ilk davrada Namangan viloyati vakili Zohidxon Jo'raevga qarshi ringga ko'tarilib, keyingi bosqich masalasini hal etgan edi.
Xurshida Abdikulova suhbatlashdi
Fikrlar