09 mar 08:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Aljameyn Sterling: Jang bekor bo'ladi deb o'ylagandim
Eng engil vazn toifasida UFC'ning yangi chempioni Aljameyn Sterling yana bir bor kechagi jangi haqida gapirdi.
"Hech qachon odamlarni aldamaganman va bundan keyin ham aldamayman. Ochig'i, jang bekor bo'ladi, deb o'ylagandim. Yanga qarshi revanshni intizorlik bilan kutaman. U men o'ylaganimdan ham kuchliroq ekan", - deya o'zining Instagram sahifasida xabar yozib qoldirgan Sterling.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan jangning to'rtinchi raundida raqibiga tizza bilan taqiqlangan holatda zarba bergani uchun Sterlingga texnik g'alaba yozilib, unga chempionlik kamari taqdim etilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar