02 may 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Aljameyn Sterling: "Mening jangimga hamma tupurib qo'ysa kerak deb o'ylagandim"
UFC`ning engil vazn toifasidagi chempioni Aljameyn Sterling promoushenning sobiq ikki divizion chempioni Genri Sexudo bilan jangi borasida gapirdi.
Ushbu to'qnashuv 7 may kungi UFC 288 turnirining asosiy jangi bo'ladi.
"Bu jangni sabrsizlik bilan kutyapman. Boshida bu jangga barcha muxlislar tupurib qo'ysa kerak deb o'yladim. Ammo ko'rib turibmanki, bu qiziq bo'lar ekan. Ular bu jang men uchun yaxshi sinov bo'ladi deb hisoblashmoqda. Men esa o'z so'zlarimni amalda isbotlashni istayman. SHunday janglar meni o'ziga jalb qiladi.
To'g'risini aytaman, bu jangga shartnomani ko'rganimda hazil deb o'yladim. CHunki Sexudo anchadan beri yo'q. O'zimga ishonaman. O'tgan 3 yil davomida Genri divanda yotdimi yoki kulgili videolar oldimi, bilmayman. Biroq u 3 yil oldingi holatida bo'lishiga ishonmayman", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar