16 apr 17:20
Yangiliklar

Aljemeyn Sterling: "Yan - charchashingizni kutadigan "meshok"
UFC 273 turnirida Sterling rossiyalik raqibi ustidan hakamlar qarori evaziga g'alaba qozongan edi.
"Odamlar Yan barcha taraflama kuchli ekanligini aytishardi. Men uni xohlagan paytimda ura oldim. Yan men uchun juda ham sekin raqib. Hatto kurashmaganimda ham, tirsagimni unga olib bordim.
Yan — sizning charchashingizni kutadigan va sizni burchakka suqib, zarba berishga harakat qiladigan "meshok".
Agar oyog'ingiz menikidek, Merab Dvalishvili, SHon O'Melli, Dominik Kruz yoki Ti Jey Dillashounikidek yaxshi ishlasa, Yanni engish oson bo'lmaydi. Bu yigitlarning hech biri joyida turmaydi, u bilan jang qilmaydi.
Ehtimol, Ti Jey buni qilish uchun etarlicha ahmoqdir, sababi Kori Sendxagen unga juda katta zarar etkazdi. Aqli bor har kim, mening Yan bilan jangimni tahlil qiladi, uni qanday mag'lub etishni tushunadi", - deb fikr bildirgan Sterling.
Fikrlar