14 may 16:17
Yangiliklar
Alkaras bu yil qay tomonlama o'zgarganini ochiqladi
"Hozirda men umuman boshqacha darajadaman, o'tgan yilgiga qaraganda menda tajriba yanada ko'proq bo'ldi. Undan tashqari, o'yinlarni yaxshi o'tkazyapman. Tajriba evaziga anchagina o'sdim. SHuningdek, jangovarroq bo'ldim, vaziyatlarni oldindan o'qiy olyapman. Bu yil men uchun boshqacha o'tyapti.
Yomg'ir xavfi ostidagi o'yin ham bir tajriba bo'ldi. Juda uzoq kun o'tdi, o'yin bo'ladimi yo'qmi, bilmadik. Kutish jarayoni paytida bir qancha bahslar videosini tomosha qildim. SHuningdek, bu erda bo'layotgan Moto GP poygasini murabbiylarim va do'stlarim bilan kuzatdik.
Ferrero bilan munosabatlar professionallik doirasidan chiqib ketgan, bu shaxsiy masala. U mening ikkinchi otam. Otamdan ko'ra u bilan birga ko'proq vaqt o'tkazyapman. Bunday munosabatda bo'lish - juda pozitiv holat. Aynan u sababli anchagina o'zgardim. Usiz bugungi darajamga etib kela olmasdim", - dedi Alkaras.
Fikrlar