26 avg 08:13
Yangiliklar
Tennis
Alkaras: "US Open'ni yutganimni unutaman"
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Karlos Alkaras AQSH Ochiq chempionatidagi sovrinni himoya qilish vazifasi haqida gapirdi.
"Katta Dubulg'a" turkumidagi barcha turnirlarni yutishga harakat qilaman. O'tgan yilgi turnirdan menda juda yaxshi xotiralar qolgandi, buni yana bir marta takrorlashga harakat qilib ko'raman. Biroq bu erdagi o'yinlar oson bo'lmaydi, istalgan tennischi g'alaba qozonib ketishi mumkin.
Doimo titulni himoya qilish kerak degan fikrni unutishga harakat qilaman. O'tgan US Open'ni yutganimni unutaman, har bir uchrashuvga yuqori etibor bilan tushaman. Doimo o'zimning eng yaxshi o'yinimni namoyish qilishga intilaman. Agarda barchasi yaxshi bo'lsa, Nyu-Yorkdagi ikkinchi sovrinimni qo'lga kiritarman", - dedi Alkaras.
Havola :
Manba : Yahoo! Sports
Fikrlar