22 apr 16:12
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/259672_220.jpg)
Alkaraz Barselonada yarim finalga chiqdi
Jahonning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz Barselonadagi turnirning chorak finalida yurtdoshi, ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinaga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 13 daqiqa davom etgan o'yinda 19 yoshli Alkaraz 7:6, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.
Endi u final yo'llanmasi uchun britaniyalik Daniel Evansga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar