08 may 07:22
Yangiliklar
Tennis
Alkaraz Madrid "Masters"da chempionlikni himoya qildi
Madriddagi "Masters" turniri o'z yakuniga etdi.
Sayyoramizning 2-raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaraz o'z yurtida bo'lib o'tgan nufuzli "Masters" turniri finalida ATR reytingida 65-o'rinni egallab turgan Yan-Lennard SHtruffni 6/4, 3/6, 6/3 hisoblarida mag'lub etdi.
Uchrashuv 2 soatu 26 daqiqa davom etgan. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida ispaniyalik tennischi oldinga chiqib oldi - 2:1.
20 yoshli Alkaraz uchun bu to'rtinchi "Masters" unvoni sifatida sovrinlari qatoriga qo'shildi. U turnirdagi g'alabasi uchun 1000 reyting ochkosi va pul mukofoti sifatida 1 105 265 evro, SHtruff esa 600 ochko va 580 000 evro oladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar