15 okt 20:15
Yangiliklar
Almati-Open 2016. Kostenko g'olib, qizlar bahsida Gulruhbegim ikkinchi
Ilk bor tashkil etilgan musobaqa amaldagi Qozog'iston chempioni xalqaro grossmeyster Petr Kostenkoning g'alabasi bilan yakunlandi. 40 yoshli Kostenko so'nggi 9-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, peshqadam bo'lib kelgan Aristanbek Urazaevni mag'lubiyatga uchratdi.
Hamyurtimiz Jo'rabek Hamroqulov ham sovrinli o'rinlardan biri qo'lga kiritishi mumkin edi. Lekin shaxmatchimiz so'nggi turda oq donalarda harakat qilishiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida turuvchi belgiyalik grossmeyster Vadim Malaxatko bilan durang o'ynadi.
Biryo'la 5 nafar ishtirokchi Vadim Malaxatko (Belgiya), Aristanbek Urazaev (Qozog'iston), Muhammad Xusanxo'jaev (Tojikiston), Jo'rabek Hamroqulov (O'zbekiston) va Tornike Sanikidze (Gruziya) 7tadan ochko jamg'arib 2-6 –o'rinlarni band etishdi.
Hamyurtimiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli beshlikdan joy oldi. Ayollar o'rtasida xalqaro grossmeysterlar qozog'istonlik Gulisxan Naxbaeva va hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova 6tadan ochko jamg'arib, eng yaxshi natija qayd etishdi.
Qolgan shaxmatchilarimiz haqida gapiradigan bo'lsak, xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov 6 ochko bilan 14, Bobur Sattorov 19-o'rinni egalladi.
Fikrlar