10 iyu 10:23
Yangiliklar
Dzyudo
Almaty Cadet Asian Cup 2026. O'smirlarimiz ilk kungi bellashuvlarda 12 ta medal qo'lga kiritishdi
Qozog'istonning Almati shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasida Beket Maxmutov xotirasiga bag'ishlangan Osiyo Kubogi bo'lib o'tmoqda.
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan musobaqada 12 davlatdan kelgan 500 nafardan ziyod dzyudochi medallar yo'lida tatamiga chiqyapti. Turnirning ilk kuni kadetlar o'rtasida 8 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Dzyudochilarimiz murosasiz kechgan bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 12 ta medal qo'lga kiritishdi.
Bugun Osiyo Kubogining ikkinchi kuni kadetlar o'rtasida o'rta va og'ir vaznlar (o'smirlar -73, -81, -90, +90 kg; qizlar -57, -63, -70, +70 kg)da g'oliblar aniqlanadi.













Havola :
Fikrlar