27 fev 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Bivol bilan jang haqida fikr bildirdi
Ikkinchi o'rta vaznda jahon chempioni Saul Alvares o'z instagram sahifasiga WBA yo'nalishida amaldagi jahon chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol bilan jang haqida yangi post joyladi.
"Jang bo'ladi. 7 may kuni yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari uchun Dmitriy Bivol bilan jang qilaman. Yaqin orada jang manzilini elon qilamiz", - deb yozgan Alvares.
Alvares so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida amerikalik Kaleb Plantga qarshi o'tkazgan. Saul raqibini 11-raundda nokautga uchratib, g'olib bo'lgan.
Bivol esa oxirgi jangini 2021 yil dekabrida Umar Salamovga qarshi o'tkazgan va g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar