08 may 21:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Golovkin bilan uchinchi jang uchun o'z shartini aytdi
Ikkinchi yarim o'rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari sohibi Saul Alvares o'rta vazn toifasida jahon chempioni Gennadiy Golovkin bilan uchinchi jang uchun shartini aytdi.
Meksikalikning so'zlariga ko'ra, bu kurash uchun qozog'istonlik bokschi -76,2 kg vazn toifasiga ko'tarilishi kerak.
"Haqiqat shundaki, men har qanday jangga ochiqman. O'rta vazndagi kamarlarni birlashtirganimdan so'ng u bilan uchrashishim mumkin. Ammo agar u jang bo'lishini istasa, mening vaznimga o'tishi kerak. Golovkin chindan xohlasa, buni qilishi lozim. U bilan uchrashish uchun men o'rta vaznga ko'tarildim", - deya Alvaresning so'zlarini keltiradi BoxingScense.
Eslatib o'tamiz, Saul va Gennadiy bungacha ikki marotaba jang qilgan. Birinchi to'qnashuvda durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi bahs meksikalik bokschining g'alabasi bilan yakunlangan.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar