15 sen 08:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares - Kovalev: bokschilarning gonorarlari malum, rossiyalik uchun bu rekord summa
Avvalroq o'rta vazn WBO kamari sohibi Saul Alvares yarim og'ir vazn toifasida jahon chempioni Sergey Kovalevga qarshi 2 noyabrda jang qilishini malum qilgandik.
Bugun bokschilarning jang uchun kafolatlangan gonorarlari malum bo'ldi. Unga ko'ra, meksikalik chempion jangda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar 30 million dollarga ega bo'ladi. Rossiyalik bokschi esa 12 millionga boyib oladi. Bunday gonorar Sergey uchun rekord summa hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Alvares - Kovalev jangi 2 noyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar