19 iyu 16:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares - Kovalev jangining ehtimoliy sanasi malum qilindi
Yarim og'ir vazn toifasida WBO kamari sohibi Sergey Kovalev dekabrda o'rta vazn chempioni Saul Alvaresga qarshi jang qilishi mumkin.
Bu haqida uning menejeri Keti Duva xabar bermoqda. Sergey 24 avgust kuni Entoni Yardga qarshi ringga ko'tariladi. Agar rossiyalik chempion Yardni mag'lub etsa, dekabrda meksikalik chempionga qarshi jang qiladi.
Avvalroq Alvaresga Kovalev yoki Golovkindan boshqa bokschilar bilan jang qilish qiziq emasligi malum qilingandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar