11 iyu 13:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares - Krouford jangi Netflix’da namoyish etiladi, Dana Uayt esa promouter bo'ladi
UFC prezidenti Dana Uayt o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Turki Al ash SHayh bilan birgalikda Saul Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi jang promosi bilan shug'ullanishini malum qildi.
"Turki muxlislar ko'rishni istaydigan eng yirik janglarni o'tkazmoqchi. Bu aynan menga kerak bo'lgan narsa. Tasavvur qiling: men ilk bor boks jangini targ'ib qilyapman va u Kanelo — Krouford jangi!
Bunday jang hayotda faqat bir marta bo'ladi. 13 sentyabr, shanba kuni, Netflix orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda boks tarixidagi ikki buyuk sportchi Las-Vegasda tarixiy to'qnashuvda uchrashadi", — deb yozdi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar